Xiaomi

7 ta mahsulot
Himoya vositalari × Tozalash

Xiaomi va Redmi telefonlari

Xiaomi, Redmi va Poco modellari — bir xil pulga eng ko'p imkoniyat beradigan telefonlar. Narxlar 1 200 000 so'mdan boshlanadi, o'rta narxli Redmi Note va Poco modellari esa katta ekran, 5000 mA/soat batareya va tezkor zaryadlash bilan keladi.

Redmi — kundalik foydalanish uchun, Poco — o'yin va unumdorlik uchun, Xiaomi raqamli seriyasi esa flagman darajasidagi kamera uchun. Hammasi global versiya, o'zbek va rus tillari bor.

Har bir telefon rasmiy kafolat bilan beriladi, xaridan oldin do'konda ochib ko'rsatamiz va tekshirib beramiz. 24 oygacha bo'lib to'lash mavjud — oylik to'lov miqdorini mahsulot sahifasidagi kalkulyatordan ko'rishingiz mumkin. Termizdagi do'konimizdan bepul olib ketishingiz yoki Surxondaryo bo'ylab 15 000 so'mdan yetkazib berishimiz mumkin.

Qanday tanlash kerak

Avval byudjetni belgilang, keyin xotira hajmini: kundalik foydalanish uchun 128 GB yetarli, ko'p video va o'yin uchun 256 GB dan boshlang. Batareya sig'imi 5000 mA/soat bo'lgan modellar kun bo'yi zaryadsiz ishlaydi. Ikkilanib qolsangiz — narxlar jadvalidan hamma modelni bitta ro'yxatda solishtiring yoki do'konga kelib qo'lingizda ushlab ko'ring.