Qaytarish va kafolat
Har bir qurilma sotilishdan oldin do'konda tekshiriladi va siz bilan birga ochiladi. Shunga qaramay muammo chiqsa — quyidagi tartibda hal qilamiz.
Kafolat
Barcha yangi telefonlar rasmiy kafolat bilan beriladi. Kafolat muddati va shartlari qurilma bilan birga beriladigan kafolat talonida yoziladi — xaridda uni olishni unutmang, unda IMEI va sotuv sanasi bo'lishi kerak.
Kafolat zavod nuqsonini qoplaydi: o'z-o'zidan o'chish, ekran yoki dinamikdagi ishlab chiqarish kamchiligi, zaryad olmaslik va shunga o'xshash holatlar. Bunday hollarda qurilma kafolat shartlariga muvofiq ta'mirlanadi yoki almashtiriladi.
Kafolat qoplamaydigan holatlar
- Mexanik shikast: tushib ketgan, ekrani singan, korpusi egilgan qurilmalar.
- Suv yoki namlik tekkanligi belgilari.
- Rasmiy bo'lmagan xizmat markazida ochilgan yoki ta'mirlangan qurilmalar.
- Noto'g'ri zaryadlovchi yoki nostandart aksessuar sababli kelib chiqqan nosozlik.
Almashtirish va qaytarish
Agar qurilma ochilmagan, ishlatilmagan va to'liq komplektda bo'lsa — uni almashtirish masalasini do'kon bilan kelishib hal qilish mumkin. Buning uchun chek yoki buyurtma raqami, quti va barcha aksessuarlar saqlangan bo'lishi kerak.
B/U (ishlatilgan) telefonlar sotuvdan oldin tekshiriladi va holati — jumladan batareya sig'imi foizda — mahsulot sahifasida ochiq ko'rsatiladi. Xaridan oldin do'konda qo'lingizga olib tekshirib ko'rishingizni tavsiya qilamiz.
Qaytarish va almashtirishning to'liq shartlari ommaviy ofertada keltirilgan — buyurtma bergan har bir xaridor shu shartlarga rozilik bildiradi.
Qanday murojaat qilish kerak
- Bizga qo'ng'iroq qiling yoki Telegram orqali yozing, buyurtma raqamini ayting.
- Muammoni tasvirlab bering — iloji bo'lsa video yoki rasm yuboring.
- Qurilmani komplekti va kafolat taloni bilan do'konga olib keling.
Aloqa
- +998 88 360 70 70 — Admin
- Termiz shahar, Indenim , 2-qavat
- Ish vaqti: 10:00-22:00