Ommaviy oferta

Ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Saytda buyurtma rasmiylashtirgan shaxs quyidagi shartlarni to'liq qabul qilgan hisoblanadi.

1. Umumiy qoidalar

  1. Sotuvchi — Unity Electronics do'koni (keyingi o'rinlarda «Sotuvchi»), Xaridor — unityshop.uz saytida buyurtma bergan jismoniy yoki yuridik shaxs.
  2. Buyurtma rasmiylashtirish va «Ommaviy oferta shartlariga roziman» katagini belgilash — ushbu shartlarni qabul qilish (akseptlash) demakdir.
  3. Sotuvchi oferta shartlarini o'zgartirish huquqini saqlab qoladi. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi; buyurtmaga uni bergan kundagi tahrir amal qiladi.

2. Tovar va narxlar

  1. Saytdagi narxlar O'zbekiston Respublikasi so'mida ko'rsatiladi.
  2. Saytda ko'rsatilgan asosiy narx — naqd pul va bank kartasi bilan to'liq to'lovga amal qiladi.
  3. Muddatli to'lov (nasiya) narxi alohida ko'rsatiladi va naqd narxdan farq qiladi. Tovar muddatli to'lovga rasmiylashtirilganda tovar sahifasida ko'rsatilgan muddatli narx asos qilib olinadi.
  4. Chegirmalar, aksiyalar va promo-kodlar muddatli to'lovga rasmiylashtirilgan tovarlarga qo'llanilmaydi. Chegirma narxlari faqat naqd pul yoki karta bilan to'liq to'langan xaridlarga amal qiladi.
  5. Muddatli to'lov shartlari (oylar soni, oylik to'lov, ustama) nasiya tashkiloti tomonidan belgilanadi. Saytdagi hisob-kitob taxminiy bo'lib, yakuniy shartlar nasiya tashkiloti bilan tuziladigan shartnomada aks etadi.
  6. Tovar narxi buyurtma tasdiqlangan paytda qayd etiladi. Narx texnik xatolik tufayli noto'g'ri ko'rsatilgan bo'lsa, Sotuvchi Xaridorga xabar berib, buyurtmani bekor qilish huquqiga ega.

3. Buyurtma va to'lov

  1. Buyurtma sayt, Telegram bot yoki telefon orqali rasmiylashtiriladi. Operator buyurtmani tasdiqlash uchun ko'rsatilgan raqamga qo'ng'iroq qiladi.
  2. To'lov usullari: naqd pul, bank kartasi, Payme, Click va hamkor nasiya tashkilotlari orqali muddatli to'lov.
  3. Onlayn to'lov amalga oshirilgach, to'lov tizimi tomonidan chek shakllantiriladi.
  4. Tovar ombordagi qoldiqqa qarab sotiladi. Buyurtma berilgan tovar qolmagan bo'lsa, operator Xaridorga xabar beradi va to'langan mablag' to'liq qaytariladi.

4. Yetkazib berish va olib ketish

  1. Yetkazib berish narxi va muddati buyurtma rasmiylashtirilayotganda ko'rsatiladi.
  2. Xaridor tovarni do'kondan o'zi olib ketishi mumkin.
  3. Tovarni qabul qilishda Xaridor uning tashqi ko'rinishi va to'liqligini tekshiradi.

5. Kafolat va qaytarish

  1. Tovarlarga ishlab chiqaruvchi yoki Sotuvchi belgilagan kafolat muddati amal qiladi. Kafolat shartlari kafolat talonida ko'rsatiladi.
  2. Xaridorning tovarni almashtirish va qaytarish huquqi «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun bilan tartibga solinadi.
  3. Mexanik shikast, suyuqlik ta'siri yoki noto'g'ri foydalanish natijasidagi nosozliklar kafolatga kirmaydi.
  4. Muddatli to'lovga olingan tovar qaytarilganda hisob-kitob nasiya tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

6. Shaxsiy ma'lumotlar

  1. Xaridor buyurtma berish orqali o'z ismi, telefon raqami va manzilini buyurtmani bajarish maqsadida qayta ishlashga rozilik beradi.
  2. Sotuvchi bu ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaydi, faqat yetkazib berish va to'lov xizmatlari doirasida zarur hajmda foydalanadi.

7. Tomonlarning javobgarligi

  1. Sotuvchi tovar haqidagi ma'lumotlarning to'g'riligi uchun javob beradi; ishlab chiqaruvchi tomonidan kiritilgan o'zgarishlar bundan mustasno.
  2. Nizolar muzokara yo'li bilan, kelishuvga erishilmasa O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.

8. Rekvizitlar

  • Unity Electronics
  • Telefon: +998 88 360 70 70 — Admin
  • Manzil: Termiz shahar, Indenim , 2-qavat
  • Ish vaqti: 10:00-22:00
  • Sayt: unityshop.uz

Oxirgi yangilanish: 04.11.2026