UnityPlus

Doimiy mijozlarimiz uchun

12 oy — 3 mln so'mdan qimmat telefon olgan har bir mijozga sovg'a.

19 000 so'm/oy yoki 149 000 so'm/yil
Qanday olish mumkin?

Aksessuarlarga doimiy 15% chegirma

Chexol, zaryadchi, quloqchin, kabel — Plus amal qilgan vaqtning hammasida arzon. Ekran plyonkasini esa har oyda bir marta bepul almashtiramiz, o'rnatish bilan.

2x uCoin va qo'sh aylantirish

Har bir vazifa uchun ikki barobar uCoin, «Omad g'ildiragi»da qo'shimcha aylantirish va faqat obunachilar uchun sovrinlar.

Ustuvor xizmat ko'rsatish va servis

Navbatsiz qabul: diagnostika, tozalash va dasturiy ta'mir birinchi navbatda bajariladi. Ta'mirga qoldirilgan telefon ham navbatning boshida turadi.

Bepul yetkazib berish va Trade In bonusi

Termiz ichida yetkazish bepul, eski telefoningiz bahosiga +300 000 so'm ustama.

Plus qanday beriladi

  1. Telefon oling. 3 mln so'mdan qimmat telefon olsangiz, 12 oylik Plus avtomatik beriladi — telefon raqamingizga biriktiriladi.
  2. Yoki do'kondan sotib oling. 19 000 so'm/oy. Hozircha obunani do'konda yoki telefon orqali rasmiylashtiramiz.
  3. Imtiyozlar o'zi ishlaydi. Saytga kirganingizda kabinetda ko'rinadi, do'konda esa telefon raqamingizni aytsangiz kifoya.

Savollar

Plus tugasa nima bo'ladi?

Imtiyozlar to'xtaydi, lekin to'plangan uCoin va sovg'alaringiz saqlanib qoladi. Muddat tugashidan 7 kun oldin eslatamiz.

Do'konda qanday foydalanaman?

Telefon raqamingizni ayting — sotuvchi Plus borligini ko'radi va chegirmani chekka qo'shadi.

Bir nechta telefon raqamga ishlaydimi?

Yo'q. Plus bitta telefon raqamga biriktiriladi — xaridlaringiz va qarzdorligingiz ham shu raqam bo'yicha yuritiladi.