To'lov turlari
Telefon uchun naqd pul bilan, karta orqali, onlayn to'lov tizimlari bilan yoki bo'lib to'lash shartnomasi asosida to'lashingiz mumkin.
Naqd pul
Do'konda yoki kuryerga yetkazib berishda to'laysiz. Saytdagi narxlar aynan naqd to'lov uchun — eng past narx shu.
Plastik karta
Humo va Uzcard kartalari do'kondagi terminal orqali qabul qilinadi. Naqd narxidan farqi yo'q.
Click va Payme
Buyurtmani rasmiylashtirishda Click yoki Payme ni tanlasangiz, to'lov sahifasiga o'tasiz va to'lovni kartangizdan bajarasiz. To'lov tasdiqlangach buyurtma darhol yig'ishga tushadi, chek esa telefon raqamingizga keladi.
Muddatli to'lov — 3–24 oy
Telefonni bo'lib to'lab olishingiz mumkin. Har bir mahsulot sahifasida kalkulyator bor: oy sonini tanlaysiz va oylik to'lov miqdorini darhol ko'rasiz.
Hamkor tashkilotlar:
- Anorbank
- Hamroh Nasiya
- Karvon Nasiya
- Open
- Payme nasiya
- TBC Nasiya
- Uzum nasiya
- Variant nasiya
Muhim: muddatli to'lovda umumiy summa naqd narxdan yuqori bo'ladi — bu hamkor tashkilotning ustamasi. Saytda chizib tashlangan narx aynan shu muddatli narx, pastdagi narx esa naqd narx. Chegirmalar muddatli to'lovga qo'llanilmaydi.
Shartnoma do'konda rasmiylashtiriladi. O'zingiz bilan pasport olib kelishingiz kerak, ba'zi tashkilotlar qo'shimcha hujjat so'rashi mumkin.
Trade-in — eski telefonni hisobga topshirish
Eski telefoningizni baholab, narxini yangisidan chegirib beramiz — faqat farqini to'laysiz. Telefoningizni onlayn baholatib ko'ring.
Chek va hujjatlar
Har bir xaridga fiskal chek va kafolat taloni beriladi. Muddatli to'lovda shartnomaning bir nusxasi sizda qoladi. Xaridning barcha shartlari ommaviy ofertada yozilgan.