Apple

4 ta mahsulot
Type C × Tozalash

Termizda iPhone sotib olish

Unity Electronics'da yangi va ishlatilgan iPhone modellari bor: iPhone 12 dan tortib eng so'nggi Pro Max gacha. Yangi iPhone narxlari 3 900 000 so'mdan boshlanadi, b/u holatdagi modellar esa ancha arzonroq — har bir b/u telefonning batareya holati foizda ko'rsatilgan.

Barcha iPhone'lar original, qutisi va aksessuarlari bilan. Modelning qaysi bozorga mo'ljallanganini (LL/A, ZD/A, ZA/A) kartochkada ko'rsatamiz — bu kafolat va eSIM imkoniyatiga ta'sir qiladi, so'rang, tushuntirib beramiz.

Har bir telefon rasmiy kafolat bilan beriladi, xaridan oldin do'konda ochib ko'rsatamiz va tekshirib beramiz. 24 oygacha bo'lib to'lash mavjud — oylik to'lov miqdorini mahsulot sahifasidagi kalkulyatordan ko'rishingiz mumkin. Termizdagi do'konimizdan bepul olib ketishingiz yoki Surxondaryo bo'ylab 15 000 so'mdan yetkazib berishimiz mumkin.

Qaysi iPhone'ni tanlash kerak

Kundalik ishlar va ijtimoiy tarmoqlar uchun oddiy iPhone (masalan 13 yoki 14) yetarli. Kamera sifati va 120 Gts ekran muhim bo'lsa — Pro yoki Pro Max modellarini qarang. Byudjet cheklangan bo'lsa, 85% dan yuqori batareyali b/u iPhone yangi o'rta narxli telefondan ko'ra kuchliroq chiqadi.

Eski telefoningizni baholatib, farqini to'lab yangisiga almashtirishingiz ham mumkin.