Filtr
Narxi
Ishlab chiqaruvchi

Smartfonlar — (B/U)

3 ta mahsulot sotuvda bor
Samsung × Tozalash

B/U telefonlar — tekshirilgan va kafolatli

Ishlatilgan telefonlar bo'limi. Har bir qurilma do'konimizda tekshiriladi: ekran, kamera, dinamik, zaryadlash va batareya holati. Batareya sig'imi foizda kartochkada yozilgan — ya'ni 89% degani batareya yangisining 89 foizini saqlagan.

B/U telefon bir xil pulga ancha kuchliroq modelni olish imkonini beradi: masalan yangi o'rta narxli telefon o'rniga tekshirilgan iPhone yoki Galaxy S seriyasi.

Har bir telefon rasmiy kafolat bilan beriladi, xaridan oldin do'konda ochib ko'rsatamiz va tekshirib beramiz. 24 oygacha bo'lib to'lash mavjud — oylik to'lov miqdorini mahsulot sahifasidagi kalkulyatordan ko'rishingiz mumkin. Termizdagi do'konimizdan bepul olib ketishingiz yoki Surxondaryo bo'ylab 15 000 so'mdan yetkazib berishimiz mumkin.

Sotib olishdan oldin nimaga qarash kerak

Batareya foiziga, korpusdagi chizilishlarga va qaysi bozor uchun chiqarilganiga e'tibor bering. Bularning hammasi kartochkada ko'rsatilgan, do'konda esa qo'lingizga olib tekshirib ko'rishingiz mumkin. Eski telefoningizni baholatib, hisobga topshirishingiz ham mumkin.