Mobilograf
Ish haqida
Do'kon uchun video kontent: Reels va TikTok uchun qisqa videolar, mahsulot sharhlari, do'kondagi jonli lavhalar. Suratga olishdan montajgacha o'zingiz olib borasiz.
To'lov: 15 kun sinov muddati. Sinovdan keyin fiksa oylik + KPI va bonus tizimi bo'yicha.
Talablar
- Portfolio — o'z ishlaringizdan namuna (havola)
- Qaysi brendlar bilan ishlaganingiz
- Telefonda sifatli suratga olish va montaj (CapCut yoki shunga o'xshash)
- Ssenariy o'ylay olish, shunchaki kamera ushlab turish emas
- Trendlarni kuzatib borish
- Termizda, do'konda ishlash imkoni
Ariza qanday topshiriladi
Ariza Telegram bot orqali qabul qilinadi: qisqa anketa va bir nechta savol. Javobni ham o'sha yerda yozamiz — qo'shimcha hujjat yoki ro'yxatdan o'tish shart emas.
Ariza topshirish
Boshqa ish o'rinlari shu yerda.
Savolingiz bo'lsa, botga yozsangiz ham bo'ladi — bot javob beradi, kerak bo'lsa
HR mutaxassisimizga uzatadi.