Bolaga planshet tanlash: nimaga qarash kerak

Bolaga planshet tanlash: nimaga qarash kerak

Planshet bolaga darslik, multfilm va o'yin — hammasi bitta qurilmada. Lekin tanlashda kattalarnikidan boshqa narsalarga qaraladi.

Ekran o'lchami

Kichik bolalar uchun 8 dyuym atrofi qulay: yengil, ikki qo'lda ushlashga oson. Maktab yoshidagi bola darslik va daftar ishlatadigan bo'lsa, 10 dyuym qulayroq — matn kattaroq ko'rinadi, ko'z kamroq charchaydi.

Xotira

Multfilm va o'yinlar tez joy egallaydi. 64 GB minimum, imkon bo'lsa 128 GB. Ko'p planshetlarda xotira kartasi uchun joy bor — bu yerda u haqiqatan foydali, chunki asosan video saqlanadi.

SIM-karta kerakmi

Agar planshet faqat uyda ishlatilsa, Wi-Fi versiyasi yetarli va arzonroq. Yo'lda, mashinada yoki buvisinikida ishlatiladigan bo'lsa, SIM-kartali variant qulayroq — alohida modem kerak bo'lmaydi.

Batareya va mustahkamlik

Bola qurilmani tushiradi — bu muqarrar. Shuning uchun silikon g'ilof va himoya oynasi ni birinchi kundan oling, bu planshetning o'zidan ancha arzon. Batareya sig'imi 5000 mA/soatdan yuqori bo'lsa, uzoqroq chidaydi.

Eng muhimi — nazorat

Qurilmani bolaga berishdan oldin sozlang:

  • Bolalar profili yoki alohida foydalanuvchi yarating;
  • Google Family Link yoki shunga o'xshash ilova orqali vaqt chegarasini qo'ying;
  • Do'konda xaridni parol bilan himoyalang — aks holda o'yin ichidagi xaridlar kutilmagan hisob keltiradi;
  • YouTube o'rniga YouTube Kids ni o'rnating;
  • Qaysi ilovalar o'rnatilishini tasdiqlash talabini yoqing.

Ko'z va vaqt

Ko'p planshetlarda «ko'zni asrash» rejimi bor — kechqurun ekran ranglarini iliqlashtiradi. Vaqt chegarasini ham qurilmaning o'zidan qo'yish mumkin: bu «endi bo'ldi» deb aytishdan osonroq ishlaydi.

Bizda bolalar uchun mo'ljallangan, shu jumladan SIM-kartali planshetlar bor — narxlar jadvalidan ko'ring yoki do'konga kiring, bolaning yoshiga qarab maslahat beramiz.

Ulashish