128 yoki 256 GB: telefon xotirasini qanday tanlash kerak

128 yoki 256 GB: telefon xotirasini qanday tanlash kerak

Telefonda eng ko'p afsuslanadigan narsa — kam xotira olish. Protsessor eskiradi, batareya zaiflashadi, lekin ularga chidasa bo'ladi. To'lib qolgan xotira esa har kuni bezovta qiladi.

Joy aslida qayerga ketadi

128 GB telefonni oling va hisoblang:

  • Tizim va oldindan o'rnatilgan ilovalar: 15-25 GB. Ya'ni 128 GB dan taxminan 105 GB qoladi;
  • Messenjerlar: Telegram va WhatsApp bir yilda keshi bilan 10-30 GB gacha yetadi;
  • Bitta surat: 3-6 MB. Yiliga 3000 ta surat — 15 GB;
  • Bitta daqiqa video (1080p): ~100 MB. Yarim soatlik video — 3 GB;
  • O'rtacha o'yin: 2-8 GB, kattalari 15 GB dan oshadi.

Kimga 128 GB yetadi

Agar siz asosan qo'ng'iroq qilsangiz, messenjerdan foydalansangiz, kuniga bir-ikki surat olsangiz va o'yin o'ynamasangiz — 128 GB bemalol yetadi. Vaqti-vaqti bilan keshni tozalab tursangiz, 3-4 yil muammosiz ishlaydi.

Kimga 256 GB kerak

  • Ko'p video oladigan yoki video kontent yuritadiganlar;
  • O'yin o'ynaydiganlar;
  • Suratlarni bulutga yuklamaydiganlar;
  • Telefonni 4 yildan uzoq ishlatmoqchi bo'lganlar;
  • Xotirani tozalash bilan shug'ullanishni yoqtirmaydiganlar.

Xotira kartasi muammoni yechadimi

Qisman. Birinchidan, yangi modellarning ko'pida xotira kartasi uchun joy umuman yo'q. Ikkinchidan, kartaga ilovalarni ko'chirib bo'lmaydi — faqat media fayllarni. Uchinchidan, arzon kartalar sekin ishlaydi va buzilib qolishi mumkin. Agar ichki xotira muhim bo'lsa, uni boshidan katta oling.

Bir pog'ona yuqori olish arziydimi

128 va 256 GB versiyalar orasidagi farq odatda telefon narxining kichik ulushini tashkil qiladi. Shu farqni to'lash — keyin «joy yo'q» degan xabarni har hafta ko'rishdan ancha arzon. Aniq raqamni narxlar jadvalidan ko'ring: u yerda bir modelning turli xotira versiyalari yonma-yon turadi.

Qaysi birini tanlashga ikkilansangiz — do'konga kiring, hozirgi telefoningizda qancha joy band ekanini ko'rsating, aniq maslahat beramiz.

Ulashish